Ijtimoiy Tarmoq 1-qism
Assalomaleikum hammaga. Bugungi Blog orqali sizlarga hozirgi kundagi Ijtimoiy Tarmoqlar va ularning foyda va zararlari haqida. O’zim bilgan va aql doiram yetganicha gaplashamiz. Inshaa Allah ma’anfatli bo’ladi.
Mundarija :
- Itjimoiy tarmoqlar
- Twitter / X
-Shaxsiy fikrlarim
Hozirgi kundagi eng ko’p foydalaniladigan itjimoiy tarmoqlar haqida, Nima maqsadda ishlab chiqarilgan va hozirgi kunda qanday maqsadda ishlatilayotganligi haqida gaplashib o’tsak.
Facebook – Do’stlar bilan yaqin aloqalar bog’lash va do’stlar orttirish uchun.
Instagram – Hozirgi kundagi va kunlik suratlar va videolarni joylab borish uchun.
YouTube – Video bloglar va video ma’lumotlar uchun.
Twitter / X – Yaqin daqiqalardagi firklarni, matn shaklida yetkazish, kam hollarda surat joylab unga fikrlarini bildirish uchun.
Threads – Huddi Twitter / X kabi.
Kundan - kun ijtimoiy tarmoqlarini eng ko’p buzilgan holatlari Threads, X va Instagramda kuzatish mumkin.Twintter / X platformasi bu insonlarga asosan matnli postlar qoyish uchun mo’ljallanga bo’lib 140 harfdan oshmaslikni talab qiladi. Bundan shuni “insonlar yaqin daqiqalar ichidagi hissiyotlarini yoki fikrlarini matnli post orqali ommaga namoyish etish”ni tushunish mumkin. Lekin hozirgi kunda juda kam sonli insonlar matnli postlar joylashmoqda. Asisat surat va videolar joylab borishmoqda. Insonlarni bunday holatda qaytarish va matnli postlarga qaytarish uchun Instagramga bog’liq holda Meta Korparatsiyasi Threads platformasini yaratgan edi. Deyarli 2 hafta Ichida millionlab foydalanuvchilarga ega bo’lgan Threads avvalida matnli postlar bilan ommani hursand qilayotgan edi va kundan – kun u ham Twitter / X kabi matnlardan ko’ra rasm va videolarda to’la boshladi. Bu jarayonda Rasmlar va Videolar joniga tekkan foydalanuvchilar Threadsdan ham chiqib keta boshlashlashdi. Hozirda Threadsda juda ham kam insonlar foydalanadi. Man obuna bo’lgan insonning ohirgi matnli posti 13 hafta oldin qo’yilgan ekan. Bu manga o’xshagan rasmli va video ma’lumotni qabul qila olmaydiganlar uchun juda ham yomon holat.
Instagram platformasi hozirgi kunda man uchun nosog’lom platforma sifatida qabul qilaman. Buning sababi butun dunyo bo’ylab targ’ibotchi, qollab-quvvatlovchi, negative, reaksiya bildiruvchi bloggerlarning ko’paygani va yana o’zini viner deb ataydiganlarning ko’pligi sabab. Targ’ibotchilar – bular biron dinga, insoniy sifatlarga targ’ib qiluvchilardir. Qo’llab – quvvatlovchi bloggerlar bo’lsa “targ’ibot qilingan” insonlarni qo’llab videolar chiqarib borishadi va targ’ibotchilarni himoya qilib borishadi. Negativlar – bu toifa bloggerlar blogger bolmagan insonlarning videolariga negative video qilishadi. Reaksiya bildiruvchilar – har hil ijtimoiy tarmoqdagi videolarga reaksiyalar bildirashadi. Bu toifadagi Video Bloglar(vloglar) insonlarga turli maqsadlar uchun tarqariladi. Vinelar yumor ko’rinishidagi videolar bo’lib hozirda juda ommalashgan. Bu Instagramda juda keng tarqalgani uchun Instagram algoritmi bu kabi videolarni foydalanuvchilarga ko’plab taqdim etadi.
Instagram uchun shaxsiy fikrim: “Rasvo”. Man eng yomon ko’rgan narsalarga o’z fikrimni bildiraman. Hohlamaganlar o’tkazib yuborsin. Instagramda LGBTQ+ ga targ’ib qiluvchi videolar va ularni qo’llab quvvatlovchi bloggerlar juda ham ommalashib bormoqda va aholiga tasir qilmasdan qolmaydi. Alhamdulillah Musilmonman. Lekin LGBTQ+ lar Musilmonlarga qilayotgan videolari bu o’sib kelayotgan yoshlarga juda ham yomon tasir qilishini bilishimiz kerak. Jamiyat har qanday insonlarni qabul qilishimiz kerak deydi. Lekin 90% aholisi musilmon bo’lgan xalqqa bu kabi jirkanchliklarni olib kirish bu rasvogarchilikdan boshqa narsa emas. Endi keying masalar bo’yicha fikrm: Vinerlar juda ham ko’payib ketti bu butun dunyo bo’ylab tarqalgan va eng ko’p tarqalgan vine turi bu boylikni va faxshni targ’ib qilishga tarqatilgan va absurt vine videolar, bu ham qaysidur ma’noda insonlarga shu kabi odatlarni targ’ib qilishga o’xshaydi. Shu holatdan O’zbekistonda ham shu kabi vinerlar ko’paydi. Aslida jamiyatimizda yashirinib ko’rinmay yurganlar endilikda videolarda ochiqchasiga chiqishmoqda. Qisqa qilib aytganda Internet bizni “buzmayapti” shunchaki bizni asli ichimizdagilarni ko’rsatib bermoqda.
Shaxsiy fikrlarim davom
etmoqda:
Avvallari asosan America xalqining ko’chadagi viktorinalarini ko’rib borardim. Bunda Americalik oddiy aholining qanchalik ahmoqligini ko’rsatib berardi. Bundan shunday hulosa qilgandim Amercalik oddiy aholining bilim darajasi bizning bilim darajamizdan shunchalik pastdagi Allah bizni Ilm ne’mati bilan ne’matlantirgan. Keyinchalik bu kabi video yo’nalish Ozbekistonda ham urf bo’ldi va biz asli qanday ekanligmizni ko’rsatib berdi. Xalqimiz yoshlari shunchalik befarq, e’tiborsiz va masulyatsiz bo’lishganidan eng oddiy savollarga ham o’ylab ko’rmay javob berishmoqda.
“Eng achinarlisi, 90% musilmon xalqimizning yoshlari, Oddiy savollar berilganda o’ylab ham ko’rmay noto’g’ri javob berishmoqda, lekin “Shaxodat kalimasini bilasizmi?” degan savolga, YO’Q deb javob berishmoqda. Bu bizni qanchalik achinarli holatga yetib kelganimizni bildiradi.“
Bu kabi keskin fikrim uchun hech kimdan uzr so’rash niyatim yo’q. Gaplarim tasir qilib ilm olishga kirishsangiz bundan juda manfaatdor bo'lasiz.
Bu mavzuning tugashi emas, Inshaa Allah 2-qismini ham yozaman.
Comments
Post a Comment