Mustaqil Ta’lim yoki Universitet

Assalomaleikum hammaga! Bugun sizlar bilan mustaqil ta’lim yoki universitet mavzusida gaplashamiz. Nega aynan bu mavzu bo’yicha yozmoqchiman? Sababi hozirgi kunda diplom kerak emas, universitetda o’qish shart emas deggan gaplar judayam ko’peyib ketti yoki mani atrofimga shunaqa fikrdegi insonla to’lanib qovoti.


Mundarija:

-       Ta’lim olish nega kerak?

-       O’zimni universitetimdagi ta’lim.

-       Mustaqil ta’lim va Universitet.

-       Mustaqil ta’lim uchun.

Ta’lim olish bu insonni rivojlantirish uchun xizmat qilishi kerak deb hisobliman. Lekin hozirgi kunda universitetlarga shunchaki vohtni o’tkazish yoki diplom olish uchun kiradigonlar ko’payib ketgan. Go’yoki diplom hamma narsani hal qilib beradigondek. Aslida bunaqa firkga kelish notori. Hop diplom kere bomasa universitetga o’qib nima qilamiz? Shunchaki mustaqil o’qishimiz ham mumkin deyayotgan insonlar  ham juda ko’p va ular bu borada juda emas-u lekin to’g’ri firkdalar. 


 O’zim har ikkala usulda ham ta’lim olaman. Aslida universitetimiz shunaqa ta’limni qollab quvatlaydi. Ya’ni berilayotgan ta’lim mustaqil o’ranishga majburlaydi. O’zimni universitetimdagi dars o’tishni tushuntirib bersam. O’tiyotgan darslardagi mmavzular hozirgi kunga kerakli bo’lgan lekin kam o’rganilayotgan mavzular bo’ladi va o’qituvchi bu mavzu yuzasidan juda ham kam ma’lumot beradi. Darsning asosiy qismi mavzuning qanchalik muhim ahamiyatga egaligi va bu mavzuni qanday o’rganish kerakligini tushuntirish bilan o’tadi. Endi uyga beriladigan vazifa bu hozirgina o’tgan mavzumizga tegishli bo’ladi lekin dars davomida umuman tilga olinmagan ma’lumotlar haqida research qilish va eng kamida 5 ming ieografdan iborat report yozib kelish kerak bo’ladi. Darslardan so’ng kutubxonaga boriladi va turli resurslar orqali ma’lumot to’planadi. Internetdan yoki kitobdan so’zma so’z ko’chirilgan ma’lumotlar maxsus detectorda aniqlanadi va yozgan reportingiz tastiqlanmaydi. Qayta qilib kelish kerak bo’ladi. Bu mustaliq va Universitetdagi ta’lim.


 Avvalo mustaqil ta’lim nimaligiga ta’rif berib ketsam. Mustaqil ta’lim o’qtuvchisiz yoki mentorsiz biron narsani internetdan yoki kitobdan organish orqali o’sha soha bo’yicha bilimlarga ega bo’lishdir. Lekin buni ko’plab minus tomonlari bor. Ya’ni sizda biron ma’lumot bo’yicha savol tug’ilib qolsa, sizga yordamm beroladigon insonni topish yoki unga bog’lanish juda ham qiyin bo’ladi. Universitetdagi ta’lim sizga doimo nimanidur o’ranishiz uchun doimo sizda kimdur bo’ladi va doima sizga nimani o’ganishingizni ketma-ketligini tuzib beradi va sizga osonliklar yaratib beriladi. Aslida bu juda ham zo’r holat lekin bizda qancha osonlik yaratib berilgan sari shuncha bajarmaslik holati kelib chiqadi. Ba’zi hollarda universitetlarda ham sizning kasbingi va o’rganishingiz kerak bo’lganidan ko’ra boshqa sohalarga e’tibor berib yuborilishi talabalarga og’irlik qiladi va universitet sistemasini yomon ko’rib qolishga olib keladi.(Bu hulosa Subektiv ko’satuvini ko’rgandan keyin yuzaga keldi). Bunga o’zimdan kelib chiqan holatda yechim berib ketmoqchiman. Agar siz Universitetda o’qisangiz va o’z sohangizni yaxshi ko’rsangiz shunchaki jadval tuzib oling va universitetdagi darslardan tashqasi mustaqil bilingizni kuchaytiring. Chunki universitet beradigan mavzular bular kerakli bo’ladi lekin ko’p ma’lumotlar berilmaydi. Bularni o’zingiz uchun o’qiganingiz va amaliyotda sinap ko’rganingiz maqul. Bir misol: Universitetda o’qimasdan turib dasturchi bo’lishingiz mumkin, lekin kodlarni yozish uni joylashuvlari shirflash va dakument qilish kabi sohalarini universitetda o’rgatishadi. Dasturchi bo’lish bu faqat kod yozish bilan chegaralanmaydi. Software engineer bilan software developerning farqi juda katta.


 Mustaqil ta’lim olish uchun nimalar qilish kerak? Resusrlarni qayerdan topaman? Degan savollarga shunday javob berishim mumkin. Kutubxonalar va internetda ham juda ham ko’p resusrlar mavjud lekin ko’p hollarda ingliz tilida bo’ladi. Hozirgi kunda suniy intelekt bilan ham boshlang’ich bilimlarni egallashingiz mumkin. Buning uchun ChatGPT dan foydalaning.
https://snackprompt.com/chat
ushbu veb-sayt sizlargga ChatGPTni tekinga ishlatishni va foydali bilimlarni boshlang’ich darajada egallash uchun yordam beradi degan umiddaman.


 Hulosa:

Bugungi blog o’rqali sizlarga musqatil va universitetdagi ta’limlar haqida gapirib berdim. Bundan maqsad har ikki yo’nnalishda ham to’g’ri tanlangan aniq yo’l orqali o’z maqsadingizga yetishingiz mumkilidini yetkazish edi. BIlimingizni rivojlantiring ko’p bilsangiz sizdan keyingi avlod uchun ko’proq ma’lumot yetkazasiz va sizdan faqat yaxshilik qoladi. Sizlar bilan Botir Bakhtiyarov!

Comments

Boshqa bloglar

Kitob ushlab kuygan qo'llar

Ijtimoiy Tarmoq 1-qism

Nima uchun Xitoy?

Xitoy sifati (Arzon va “Xitoy”)

DUNYO TILLARI VA BILIM HAQIDA

Demotivatsiya(o’z o’zidan qoniqmaslik)