Demotivatsiya(o’z o’zidan qoniqmaslik)
Mundareja:
- Demotivatsiya boshlanishi
- Demotivatsiya Rivojlanishi
- Demotivatsiyadan chiqish
- Demotivatsiyaning foydasi
Assalomaleikum hammaga. Bugungi blog orqali demotivatsiya haqida va shu kabi bazi omillar haqida gaplashamiz. Yaqin kunlardan boshlab o’zimda kichik o’zgarishlarni his qila boshladim. O’z o’zimdan qoniqmaslik, kelajadan havotir, o’tmishdagi xatolar mani depressiyaga tushirib qoydi. Bu holar juda qorqinchilik bo’ldi deb aytolaman. Inshaa Allah bu blogda o’zim his qigan holatlar va qanday qilib chiqib ketganim haqida aytib beraman.
Demotivatsiya boshlanishi: Avvalida ertalab uyqudan turishingizdan kayfiyatingizni tushiradigan holat bu “Shu paytgacha nimalar qildin?” degan savol bilan boshlanadi. Hayolimga kelgan narsalar “Nega kerakli narsalani o’qimayapman? Nega bunaqa ahvolda yuribman? Man tengiladan ota-onasi rozi mandanchi?” shu kabi savolla judayam ko’p aylanaveradi. Shu kayfiyat bilan nonushta qilgim kelmasdi. Darslarga qatnashishim suslashib qoldi. Negadur hech narsa yoqmadi. Faqat bir o’zim qolishni, xonamda o’tirishni hohlab qoldim. Shu holat haftaga chozilishi boshladi. Ovqatlanish va uyqu rejimlarim buzildi. Hattoki kunlik yonalishlarim ham buzilgandi. Kunim faqat o’ylash bilan o’tdi. “Nima qilsam bo’ladi?”. Faqat shu narsalarni o’ylardim.Demotivatsiya Rivojlanishi: O’zimdan o’zim qoniqmasligim cho’qqisiga chiqandi. Kim bilan gaplashsam ham tezda asabiylashib ketish va suhbatni 3-4 minutdan ko’pga chozolmaslik holatiga keldim. Yoqtirgan insonlarimni ham o’zimdan uzoqlashtirdim. Nima sababdanligini bilmaslik lekin Kayfiyati bo’maslik bu bo’lib turadi, lekin bu hafda davomida bo’lsa, hattoki o’zimga ham yoqmay qolgandim. Shunchaki hamma narsadan juda tez uzoqlashdim.
Demotivatsiyadan chiqish: Ikkinchi haftada o’zimga berilvotgan savollarda ketma-ketligidan charchadim. Shunchaki o’rnimdan turdim va o’zimni avvalgi rejimga qaytish uchun majburlashdan boshqa iloj topolmadim. Avvalgi 3 kun juda qiyinchilik bilan o’tdi. Lekin ohiri o’zimni o’rgatdim. Avvalgi hayot tarzimga qaytish uchun majburlash mani bu holatdan chiqish uchun judayam kotta yordam berdi.
Demotivatsiyaning foydasi: Hamma narsa bekorga bo’miydi. Hardoim o’zi bilan foyda ob keladi. Man olgan foydalar: O’zimga berilgan savollarga, “nima qisam bo’ladi? Hozir qaysi yo’lda bo’senam tohtamasdan yaxshiroq bo’lishga harakat qil. Keyin nima qilaman? Allah shetga kegunchali yo’lini hal qilgan. Bundan keyinam sani tashab qo’ymidi.” javob berdim va hozirgi qarorlarimdan afsuslanmasdan harakatimi kucheytirishga etibor qaratdim.
Comments
Post a Comment