Xitoy sifati (Arzon va “Xitoy”)

 

Assalomaleikum hammaga. Avvalgi blogim(Dunyo Tillari va Bilim haqida)da aytib o’tganimdek bu blogda Xitoy mahsulotlarini sifati haqida gaplashamiz. Xitoy mahsuloti deganda odatda tasavurimizga arzon sifatsiz mahsulotlar keladi. Tabiyki sifatsiz narsalarga ham Xitoynikida deb qo'yish odati shakillanib ulgirgan. Hattoki bir paytlar o’zim ham huddi shunaqa edim.

MUNDARIJA:
-SIFAT TO'G'RISIDAGI FIRKLAR
-SIFATSIZ TOVARLAR PAYDO BO'LISHI
-SIFATSIZ TOVARLAR OMMALASHUVI
-QIMMAT NARSA SIFATLI, ARZONI SIFATSIZ
-XIAOMI VA REDMI
-TURKIYA MAHSULOTI

Avvalo nima sabab bunday fikrga kelib qolganimizga ta'rif berib o’tishim kerak deb o’ylayman. Bilamiz-ki bizning tadbirkor(ob-sotar)larimiz Xitoy bilan aloqani bundan ancha oldin boshlab yuborishgan. Insonlar tabiatan arzon mahsulotga ko’proq etiborlarini qaratgani uchun uni sifati keying darajaga tushib qoladi va arzon mahsulotlarni olishni boshlashadi. Bizning tadbirkorlar ham huddi shu usulni qollashgan va hozirgacha davom etib kelmoqda. Tabiyki bu holatda dunyoga Xitoy arzon va sifatsiz mahsulot ishlab chiqaradi degan ma’lumotni chiqaradi. Bizning yurtimizda ham huddi shunday desam adashmayman.

Xitoy aholisi juda ko’pligini uchun kerakli mahsulotlarni ko’paytirish va yetkazish uchun ular turli usullardan foydalanishadi. Bulardan asosan qolda tayorlash usuli keng tarqalgan. Ya’ni biz ko’p ishlatadigon quloqchinlar(naushniklar) biron korxonada ishlab chiqarilganidan va uy sharoitida ishlab chiqarilganlari bor.

Korxonada ishlab chiqarilgani 10 yuan(16,696 so’m) bo’lsa uni yo’l harajatlari bilan birga bir dona quloqchin narxi 30,000 so’mgacha ko’tarilishi mumkin. Uni ustiga foyda qo’yib sotgan taqdirga bizning bozordagi 50,000 so’mlik qimmat quloqchinga aylanadi. Lekin bizga arzon narxdagilari ham kerakligi uchun uy sharoitida ishlab chiqarilgan quloqchinlar bir donasining narxi 1-2 yuan (1660-3300 so’m) bo’ladi yo’l puli va foydasini qo’shganda bizning bozordagi 16,000-20,000 so’mlik quloqchinlar bo’ladi. Bir marta foydalanilgandan so’ng qayta ishlatib bo’lmaydi. Arzon va “Xitoy”.

Aslida biz foydalanadigan ko’plab sifatli mahsulotlar ham Xitoyda ishlab chiqarilgan. Xattoki Applening asosiy zavodi ham Xitoyda joylashgan bo’lib ishlab chiqarilganidan so’ng AQSHga export qilinadi. Xitoy mahsulotlarini esimni taniganimdan beri ishlatib kelaman. Lekin asl Xitoy mahsulotlarini 5-6 yildan beri ishlatib kelman va haqiqiy sifat nimaligini bilyapman. Qimmat narsa Sifatli, arzon narsa esa Sifatsiz bo’lishini Xitoy misolida ko’rsak bo’ladi. Istagan pulingizga istagan mahsulotingizni turli hil sifatda topa olasiz. Kiyim-kechakdan tortib automashinalargacha.

Yana bir Misol: Xiaomi Kampaniyasining telefonlari 2 hil usulda ishlab chiqariladi. Xiaomi va Redmi. Xiaomi telefoni juda sifatli va qimmat bo’ladi. Hattoki $600-$700 ga ham sotiladi. Lekin mani uncha pulim yoq va huddi shunaqa kanfiguratsiyadagi telefon hohliman. Bunichun Redmi telefonini olaman. Xiaomi 12 telefoni bilan Redmi 12 telefonining konfiguratsiyasi bir hil bo’lishi mumkin lekin ichidagi texnik qisimlarini sifat darajasi turli hil bo’lgani uchun Xiaomi telefonining umri Redmi telefoniga nisbatan uzoq bo’ladi. Huddi shu usulda Huawei kampaniyasini Honor bo’limini tashkil qilgan edi.

O’zbekitonda arzon mahsulot yaxshi va tez sotilishini hisobga olib. Xiaomi telefonidan ko’ra Redmi telefonlarini ko’proq import qilishadi. Kiyimlar ham huddi shunday. Bizda Turetskiy digan gap bor. Ya’ni Turkiyaniki bo’lsa yaxshi va qimmat bo’ladi. Aslida Turkiyadan $15 olinadigon kiyimni Xitoyda turli hil narxlarda va sifatda topishingiz mumkin. Hattoki o'sha pulga sifati yaxshi bo’lganini olishingiz ham mumkin. Lekin bizning tabiatga ko’ra odamlar arzonini oladi va sifatga etibor bermaydi.

HULOSA:

Bu blogimdan asosiy maqsadim sizlarga biz bilgan bazi haqiqatlar bizga suniy singdirilgani buni bilish uchun yoki tajriba yoki bilim olish kerak ekanligini aytmoqchi edim. Ko’p bilsangiz sizdan keyingi avlod uchun ko’proq ma’lumot yetkazasiz va sizdan faqat yaxshilik qoladi. Sizlar bilan Botir Bakhtiyarov!

Comments

Boshqa bloglar

Kitob ushlab kuygan qo'llar

Ijtimoiy Tarmoq 1-qism

Nima uchun Xitoy?

Mustaqil Ta’lim yoki Universitet

DUNYO TILLARI VA BILIM HAQIDA

Demotivatsiya(o’z o’zidan qoniqmaslik)