Nima uchun Xitoy?

 

    Assalomaleikum hammaga. Mani Blog kanalimga hush kelibsiz.
Mani ismim Botir, Hozirda Xitoyda o'qiyman. Youtube uchun video olaman va bloglar yozaman, lekin anchadan beri video yuklamaganimgayam ancha vaqt bo'ldi. Adashmasam 2 -yildan oshib qoldi. Sababi man youtube platformasiga Xitoy haqida o'zimga qiziq bo'lgan va bir paytla o'zim qidirib topa olmagan ma'lumotlani joylashtiraman digandim. Endi mana yangi ma'lumotla to'planyapti Inshaa Allah sekin-sekin ushbu ma'lumotlani sizlar bilan bo'lishaman.

    Man boshqa millatlik va hattoki O'zbekistonlik tanishlarim ham negadur manga bir xil savol beradi: "Nimaga Xitoy?" Hop mayli nimaga aynan Xitoy tilida o’qiysan deb savol berishadi. Man har doim bir hil javob beraman. Ingliz tilini bilaman va bu til bilan dunyoning qaysi nuqtasiga bormay yo'limni topib suxbatlashib ketolaman. Endi statistikaga keladigan bo'lsak 1.5 mlrd odam Ingliz tilida muloqot qila oladi. Ya'ni man yer aholisining 20% bilan bemalol suxbatlasham bo'ladi. 1.3 mlrd aholi Xitoy tilida gapira oladi. Bu faqat Xitoy aholisi, bilamiz-ki Xitoydan tashiqarida ham va Xitoyning chegaradosh davlatlarida ham 2-til Xitoy tili. Ya'ni man xich qaysi sohani o'zlashtirmagan holimda ham yer aholisining deyarli 40% bilan muloqot qilib, hich bo'lmaganda tarjimonlik qila olaman. Lekin "DUNYO TILI" - Ingliz tili deb tan olingan va hozirda "BIZNES TILI" deb Xitoy tili tan olingan, Sababi yer yuzidagi deyarli 70% biznes aynan Xitoyga keb taqaladi.

    Keyingi masala "Ta'lim". O'zbekistonga o'qishga topshirmaganman. O'qishga harakat ham qimaganman. Shuning uchun O'zbekistondagi oliy ta'lim to'g'risida "subektiv" bildirgan fikrdan uyog’iga o'tolmiman. Lekin Xitoy oliy ta’limi haqida yaxshi bilaman. To'g'ri o'qishga kirish qiyin emas. O'qish ham qiyinmas. Lekin bitirib - tugatish ancha qiyinroq. Ta’lim berish sistemasiga kuchli qarashadi. Bu haqda imkon qadar to’liq video va Blog qilib chiqaman InshaaAllah. Lekin shuni aytishim mumkin-ki o'qishga kirish va o'qish qiyin emas agar sizga berilgan vazifa(RESEARCH)larni vaqtida va sifatli topshirishingizga bog'liq.

Comments

Boshqa bloglar

Kitob ushlab kuygan qo'llar

Ijtimoiy Tarmoq 1-qism

Mustaqil Ta’lim yoki Universitet

Xitoy sifati (Arzon va “Xitoy”)

DUNYO TILLARI VA BILIM HAQIDA

Demotivatsiya(o’z o’zidan qoniqmaslik)