Kitob ushlab kuygan qo'llar

 Assalomaleikum hammaga. Bugungi mavzuyim Kitob haqida bo’ladi. O’zim va mani yon-atrofimdan kelib chiqan holda bu blogni yozmoqchiman. Bugun kitobga bog’liq ayrim muomolar va o’zimdan kelib chiqan holda topgan yechimlarim torisida aytib bermoqchiman.

Mundarija:
-Kitob haqida
-Maktablardagi adabiyot va tarix fanlari
-Kitobga bo’lgan munosabat.

-Kitob o’qishni o’rganish va qanday kitoblar o’qish kerak

Why are they burning books in south Wales? | Energy bills | The Guardian

       Kitobga ilmiy tarif bermoqchimasman shunchaki o’zim kitob dganda nimani tushunishimni aytib beraman. Kitob asrlar davomida insonlar egallagan bilimlarini o’zlaridan keying avlogda yetkazish vositasi. Nega aynan bunaqa deb o’ylayman. Sababi hozirgi kunda ham biz o’rganib kelayotgan narsalar bundan asrlar ilgari kimdur tomonidan o’rganilgan va bizga qollanman sifatida yozib ketilgan. Kitob bizga ajdodlarimiz qilgan xatolar va ularni qanday yechimi topish va bizni bunday xató qilmaslik uchun ogohlatirish uchun yozilgandir. Kitob o’qimaganimiz yoki uni to’g’ri talqin qilmaganimiz uchun ayrim xatolar asrlar davomida qaytarilaveradi.


       Man o’zimi doimo kitob o’qiyman va bu borada masterman demayman. Lekin kitob oqigan odam va kitob oqimaydigon odamni farqiga bora olaman. Kelilar endi bir maktab davrini eslaylik. Maktabimizda Adabiyot va Tarix fanlari bo’lgan. Ko’pchilik insonlar yomon ko’rgan fan, yokida yaxshi ko’rgan fan. Kim qanday tomondan qarashiga bog’liq. Buni sababi agar dars sifatida qaralsa juda zerikarli o’tiladi va qaysidur ma’noda bizga nimaga kerak degan fikrni paydo qiladi. Boshqa tarafdan judayam qiziqarli hikoyalar bo’ladi. Eshtgan o’quvchilar mazza qiladi. Man har ikki holatda ham dars o’tish usuli notori deb hisoblayman. Chunki bu ikki fan biz uchun juda muhim va kuchli ahamiyatga ega va kitob o’qish nima uchun kerakligini ko’rsatib beradigan asosiy fanlardan hisoblanadi. Tarix fani sanalar va yillar emas. Tarix kitobida yozilganlar esa shunchali ertak emas. Tarix yozilishiga asosiy sabab tarixda bo’lgan xatolarni keying avlodga yetkazish va uni qaytarmaslikka targ’ib qilish. Adabiyot fanida yozilgan asarlar o’tmishning qora yoki yorqin kunlarini tariflab berish uchun. Kelajak avlodni o’ylash fikrlash kabi qobilyatlarini rivojlantirish uchun deb oylayman. Ha tori aslida bu darslar qanday o’tish kerakligini bizga sobiq SSR davridagi o’qituvchilar o’rgatib ketishgan va o’shandan buyon bir qolib boyicha harakatlanmoqdamiz. Bu haqida keying blogimda yozaman Inshaa Allah. Tarix fani darslariga qaytsak. O’qituvchi va o’quvchi tarixdagi xatolarni o’rganish bilan birga kelajakdagi xatolarni oldini olishlari mumkin. Chunki Napaleon, Gitler, Lenin, Sezar, bular bekorga tarixda qolmagan. Ular qilgan ulkan xatolari insoniyatni revolutsiya yoki evolutsiya uchun javob bergan. Adabiyot fanida she’rlar, romanlarlargi qahramonlar osha davrning insonlari qanday bo’lgani ular nima haqida o’ylagani va ular qilgan xatolar va yechimlar to’grisida habar beradi. Oddiy misol, G’ofur G’ulomning Shum bola asari. Bu kinoda ko’rgan hajviy kino emas. Balki osha davrlarda insonlar qanday yashagi nimalar bilan mashg’ul bo’lgani, kambag’al aholining ocharchilikgi va boylarning tokin davri haqida ma’lumot beradi. Blog yozish jarayonida bir shu kinodan bir sahna esimga tushdi : Xoji buva qoravoyni uyiga olib kelganidan keying sahnada, Germon va oq poshsho haqida gaplashib o’tirishadi. O’sha damda qoravoy samovar ichiga shisha solib somavarni “portlatib” yuboradi. O’sha yerdagi gap “Aytima siyosatga aralashmaylik deb” ha bu gapdan ko’rinib turibtiku o’sha davrlarda siyosatga aralashish jinoyat darajasiga ko’tarilgan va bu qolib aholiga singdirilgan. Buni to’g’ri talqin qilishni va o’qigan kitoblarimizning asl ma’nosini anglashni albatta bizga ustozlarimiz o’rgatishlari lozim.


       Insonlarda kitobga bo’lgan munosabat huddi keraksiz narsaga qaraganday qaralishidir. Albatta hammani nazarda tutmayapman. Yaqinda YouTube platformasi Sariq Mikrofon ko’rsatuvini ko’rganimda insonlardan ohirgi marotaba qachon kitob o’qigansiz yoki qaysi kitobni o’qigansiz degan so’rovnomasini ko’rib to’risi hayratga tushmadim. Kitobga munosabat telefon “zaryati” o’chib qolganda o’qish yoki, uyga mehmon kelganida stol qimirlamasligi uchun tegiga qoyish uchun kerak boladigan bir buyum sifatida qaraladi. Kitob o’qimaslikni oqibatlari fikrsiz bo’lib qolishi va e’tiborsizlikka olib keladi. Buni ham Instagramdagi bir ko’rsatuvda ko’rsatib berishgan. Insonlarga logikaga teskari savollar berishadi va 2 ta variat ham berishadi. Agar javob beruvchilar azgina o’ylab ko’rsa savolni o’zi notori tuzulganini bilishar edi, lekin e’tiborsizlik va oylamasdan qaror qilish sabab, variatlardan birini tanlaydi va boshlovchi uni tori deb sovga beradi. Bu eng zor loyha deb hisiblayman chunki insonlar kitob qoishni o’rniga instagramda soatlab vaqtlarini o’tkazadi insonlarni bunday videolarini ko’rib ertaga manda ham bunday sharmandali holat bo’lmasin deb ko’chada berilgan savollarni o’ylab ko’rishni boshlashadi.

         Kitob o’qishni o’rganishni turli hil usillari mavjud lekin man o’zim bilgan va o’zim amaliyotda bajargan usulni sizlarga aytib beraman. Boshlanishiga kichik kitoblardan boshlagan maqul. O’zingizni qiziqishingizga qarab kichik kitoblarni o’qing. Kam-kam vaqt davomida o’qing va o’qiganlarizni tahlil qiling. Tahlil qilish orqali fikrlash qobilyatini o’stirishingiz mumkin. Kam kam vaqt davomiyligida oqishingiz doimiylikni keltirib chiqaradi va siz kitob o’qishni doimiy yumush sifatida qabul qila boshlaysiz, huddi erta tongdan tish yuvish kabi. Keyin kitob o’qish yoqib qola bolashlaydi va qiyinroq va ilmiy kitoblar o’qib tahlil qilishingiz osonlashadi. Man hardoim shaxsiy rivojlanishga yoki ilmiy ma’lumotga ega bo’lgan kitoblarni o’qishni tavsiya beraman. Sababi biz hali badiiy asarli o’qib tahlil qiladigan darajada mukammallikka erishmaganmiz. Badiiy asarlarga huddi kino yoki hikoyaga qaragandek muomila qilamiz. U holda bu shunchaki tiktok yoki instagramda voht o’tkazish bilan bir hil bo’ladi. Ko’pchilik so’z boylik oshadi deb aytishadi lekin bilim yo’q holatga so’z boylik nega kerak? Shundoq ham o’zbekk tilida gaplashilsa, Ruscha yoki Inglizcha badiiy asarla o’qigan holda til bilish darajasi mukammallashadi. Boshqa hollardi asarni tahlil qilmasdan o’qish vaqtinzgizni uvol qilish bilan barobardir. Shaxsiy rivojlanish haqidagi kitoblarda ham yozivchining mohirligi har bir keltirilgan fikrga hayotiy tajribadan kelib chiqan voqeani so’zlab berishi bilan sizni to’g’ri yo’naltira oladi va sizga to’g’ri tarbiya bera oladi. Bir misol: James Klearning kichik odatlar(Atomic Habits) kitobida yozuvchining kichik odatlarni o’rganishi va o’zlashtirishi uning kelajakdagi qanday muvaffaqiyatli inson yetishgani haqida o’zining misolida talqin qilingan. Shu bilan birgalikda kitob sizni kichik odatlarni doimiylikda shakllantirish va bajarish jarayoning avtomatlashtirishga undaydi.

 Hulosa:

        Bu blogdan asosiy maqsad insonlarni e’tiborgini va fikrlanishi oshirishdir. Firklash insonga hosdir va bu bizni boshqa sut emizuvchilardan ajratib turadigan omildir. Uni doimo mukammallashtirish bizning qolimizda. Kelajakni biz quramiz, kelajak avlodga xató qiluvchilar bo’b emas xatolardan saboq chiqarganlar bo’lib ko’rinishimiz kerak. Sizlar bilan Botir Bakhtiyarov!

Comments

Boshqa bloglar

Ijtimoiy Tarmoq 1-qism

Nima uchun Xitoy?

Mustaqil Ta’lim yoki Universitet

Xitoy sifati (Arzon va “Xitoy”)

DUNYO TILLARI VA BILIM HAQIDA

Demotivatsiya(o’z o’zidan qoniqmaslik)